Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qibray tumanida uloq-ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi
17:22 / 2021-10-02

Toshkent viloyati Qibray tumanida Uloq-ko‘pkari Federatsiyasi, Qibray tumani hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan uloq-ko‘pkari musobaqalarida barcha tuman va shaharlardan kelgan 250 dan ziyod chavandoz polvonlar ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2021 yil 5 avgustdagi «Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Xususan hududlardagi chavandozlar maktablarida ot sporti, zamonaviy beshkurash, polo hamda uloq-ko‘pkari kabi sport turlarida iqtidorli yoshlarni saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur bellashuvlarda yosh chavandozlar ham o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. E’tiborlisi, ushbu musobaqa yangicha yo‘nalishda ya’ni 6 ta jamoaviy guruhlar o‘rtasidagi yosh chavandozlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in bellashuvlarning final o‘yinida Bo‘stonliq tumani jamoasi Nurafshon shahar chavandozlarini yengib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Hakamlarning yakuniy hisob-kitoblariga ko‘ra, g‘olib jamoa va faol chavondozlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi. Tashkilotchilar tomonidan tomoshabinlar uchun zarur sharoit yaratilib, ularning xavfsizligi ta’minlandi.

 

A.Musayev,O‘zA.