Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qibray tumani hokimining MFYdagi yordamchisi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
14:09 / 2026-02-24

Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va qambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi MFY binosi yonida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 4 sotix yer maydonini hokimlikda ishlovchi tanishlari yordamida arxiv hujjatlariga soxta ma’lumotlar kiritish orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.