Joriy yilning 29 sentyabrida O‘zbekiston-Tojikiston hamkorlik aloqalari doirasida biznes-forum bo‘lib o‘tgan edi.
Unda imzolangan tijorat shartnomalar asosida «O‘zmetallurgiya» kombinati bazalt asosida ishlab chiqarilayotgan issiqlik o‘tkazmas materiallarining Tojikistonga eksport ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirdi.
Bugun shunday eksport mahsulotlaridan biri bo‘lgan 12 tonnaga yaqin yarim qattiqlikdagi issiqlik o‘tkazmas plitalari Xo‘jand shahriga jo‘natilishi kunning muhim yangiliklaridan biri bo‘ldi.

Qayd etish kerakki, Ukrainaga sirlangan po‘lat idishlar eksporti rejalashtirilgan edi. Bugun 1440 o‘ramda sirlangan po‘lat idishlari Ukrainaga eksport qilindi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur davlat tadbirkorlari bilan savdo munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, sirlangan po‘lat idishlaridan tashqari har xil turdagi armatura mahsulotlari eksporti ham keskin oshib bormoqda.
Doimiy importyorlarimizdan hisoblanuvchi Qozog‘istonga esa sirlangan po‘lat idishlar to‘plami dekabr oyida eksport qilinishi rejalashtirilgan.
O‘zA