Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qazzofiyning o‘g‘li ham o‘ldirildi (+video)
16:01 / 2026-02-04

Liviya OAVlari mamlakatning marhum yetakchisi Muammar Qazzofiyning o‘g‘li, Sayf al-Islom Qazzofiy to‘rt nafar qurollangan shaxs tomonidan o‘ldirilganini tasdiqladi. Sayf Qazzofiyning siyosiy maslahatchisi Abdulla Usmon Facebook sahifasidagi qisqa xabarida qotillik sodir bo‘lganini tasdiqladi, ammo hodisa tafsilotlari yoki ijrochilar haqida ma’lumot bermadi.

Al Hadath telekanali Qazzofiy oilasiga yaqin shaxslar bergan ma’lumotlarga tayanib, Sayf al-Islom o‘z qarorgohiga yaqin joydagi bog‘da o‘limga olib keluvchi jarohat olganini tasdiqladi. Hujumchilar soni to‘rt nafar bo‘lib, ularning barchasi voqea joyidan tezda qochib ketgan. Al Jazeera telekanali esa suiqasddan oldin Qazzofiy uyidagi barcha videokuzatuv kameralari ishdan chiqarilganini ma’lum qildi.

1972 yilda tug‘ilgan Sayf al-Islom Liviyani uzoq yillar boshqargan Muammar Qazzofiyning ikkinchi o‘g‘li edi. U London iqtisodiyot maktabida doktorlik darajasini olgan va Qazzofiy rejimida islohotchi sifatida tanilgan. Otasi Muammar Qazzofiy 2011 yilda NATO qo‘llab-quvvatlagan xalq qo‘zg‘oloni natijasida hokimiyatdan ag‘darilgan va keyinchalik fuqarolik urushiga aylangan janglar chog‘ida o‘ldirilgan.

2011 yil Fransiya hukumati Liviya muxolifatini rasman tan olganidan so‘ng, Sayf al-Islom Euronews telekanaliga intervyu berdi. U suhbat chog‘ida Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozidan Liviya tomonidan saylov kampaniyasini moliyalashtirish uchun berilgan pullarni qaytarishni talab qilgan edi.

Sayf al-Islom 2011 yil oxirida Nigerga qochishga urinib, Liviya g‘arbidagi Zintan shahrida isyonchilar tomonidan qo‘lga olingan. U 2017 yil iyun oyida ozod qilingan va shundan beri Zintanda yashab kelayotgan edi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2E2ZrcEOctI" title="Qazzofiyning o‘g‘li ham o‘ldirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA