English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish katta foyda keltiradi
12:46 / 2022-08-02

Andijonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, elektr energiyasi tejamkorligini hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zenergoinspeksiya” Andijon hududiy bo‘limi hamda “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamkorligida tashkil etilgan tadbirda elektr energiyasi iste’molchilari, tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari, korxona, tashkilot, muassasalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Prezidentimizning 2020 yil 10 iyuldagi "Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarini jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yutuq va muammolar  yuzasidan fikr almashildi.  

Energetika sohasi mamlakatimizda jadal rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, keyingi yillarda mazkur yo‘nalishdagi ishlar yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi. Xususan, iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, elektr energiyasini tejash borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.  

[gallery-8111]

Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari Ibrohimjon Xolmatov seminar ochilishida so‘z olib, viloyatda bu borada olib borilayotgan, shuningdek, yuqorida qayd etilgan hujjat ijrosi doirasidagi ishlar xususida gapirdi. Shundan so‘ng Energetika vazirligining Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorlik va energiya tejamkorlik bo‘yicha departament direktori Muzaffar Hakimov ishtirokchilarga qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan foydalanishning afzalliklari, iqtisodiy samaradorligi, bu boradagi ishlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun beriladigan imtiyozlar yuzasidan keng tushuncha va ma’lumotlar berdi.  

Shundan so‘ng qayta tiklanuvchi energiya yaratuvchi uskunalaridan foydalanishning ahamiyati, ularni amaliyotga keng joriy etish, bu borada aholini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari muhokama qilindi. Ishtirokchilar, mutaxassislar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar sifati va samaradorligini oshirish, ko‘lamini kengaytirish, bu boradagi ilg‘or ish uslublarini ommalashtirish, targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi, tajriba almashildi.  

Seminar doirasida viloyatdagi yirik sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan energiya tejamkorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbasi yaratish borasidagi ishlar, bu boradagi qurilmalardan foydalanish va faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha ko‘rgazmalar namoyish etildi.  


F. UBAYDULLAEV, 
Z. UMRZOQOV (foto) O‘zA