Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutiga direktor tayinlandi
TAYINLOV
Alimuhamedov Aziz Husanovich Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tayinlandi.
Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, A.Alimuhamedov bunga qadar Energetika vazirining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
O‘zA