Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qayta tayyorlash kursiga tinglovchilar qabul qilinib, o‘quv jarayonlari boshlandi...
17:22 / 2021-10-21

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tinglovchilarga yana o‘z bag‘rini ochdi. Institutning 2021-2022-o‘quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash kursiga tinglovchilar qabul qilinib, o‘quv jarayonlari boshlandi.

Dastlab tinglovchilarga Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti faoliyati, ustoz-murabbiylar bilan yaqindan  tanishtirish ishlari olib borildi. Uchrashuvda institut direktori, siyosiy fanlar doktori, professor Aktam Jalilov 4 oylik o‘quv kursining o‘quv rejasi, professor-o‘qituvchilar tarkibi yuzasidan batafsil ma’lumot berib, o‘quv jarayonlarida faol hamda tashabbuskor bo‘lishga chaqirdi.  

  – Yoshlar muammolarini  o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida o‘qish orzuim edi.  Imtihondan o‘tib,  ushbu imkoniyatini qo‘lga kiritganimdan  xursandman,  – deydi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 16-maktab o‘qituvchisi Kamoljon Komiljonov. – 4 oy kam muddat, ammo men bu davrda vaqtimni ilm olishga, izlanishga, o‘rganishga sarflamoqchiman. Men qatori hududlardan kelgan 58 nafar  yoshlarning maqsad-muddaosi ham shu.

Tadbir davomida tinglovchilarga  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hududida ekskursiya tashkil etildi.  

 

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA