Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qayta ishlash hajmi kengaymoqda
12:05 / 2015-05-08

Navoiy viloyati pillakorlari joriy yilda ming tonnadan ziyod qimmatbaho xomashyo yetishtirishni rejalashtirgan. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan besh foiz ko‘pdir.

Navoiy viloyati pillakorlari joriy yilda ming tonnadan ziyod qimmatbaho xomashyo yetishtirishni rejalashtirgan. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan besh foiz ko‘pdir.

Prezidentimiz rahnamoligida agrar sohani isloh qilish jarayonida pillachilikni rivojlantirish, uning ozuqa bazasini mustahkamlash, yetishtirilgan xomashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulotni eksport qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Xomashyodan – tayyor mahsulotga” tamoyili asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida ip-kalava, ipak tolasi va ulardan tayyorlanayotgan mahsulotlarning tashqi bozorda ham xaridorlari ko‘paymoqda.

Davlatimiz rahbarining 2006-yil 15-noyabrdagi “Respublika pillachilik tarmog‘ini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim omil bo‘layotir.

– Pillachilikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar yuksak samaralar bermoqda, – deydi “Navoiy pilla” hududiy birlashmasi raisi Umid Narziyev. – Bu yil pillakorlarga 17 ming quti pilla urug‘i tarqatilgan. Hududda mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida mavjud tutzorlarni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, 72 gektarda intensiv tut plantatsiyasi tashkil etildi. Pillakorlar har tomonlama qo‘llab-quvatlanib, bo‘nak pullari berildi.

Viloyatda pillani qayta ishlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Karmana tumanidagi “Richard best silk” sho‘ba korxonasi yiliga 180-200 tonna pillani qayta ishlab, 48 tonna ipak tolasi tayyorlash quvvatiga ega. Ayni paytda 35 kishi mehnat qilayotgan korxonada zamonaviy dastgohlar o‘rnatilgani mahsulot sifati yuqori bo‘lishida muhim omil bo‘layotir.

Xatirchi tumanida o‘tgan yili ish boshlagan “Xatirchi pilla xazinasi” xususiy korxonasi 60-65 tonna pillani qayta ishlashga mo‘ljallangan.

– Zamonaviy texologiyalar sanoatbop quruq pilladan sifatli ipak tolasi tayyorlashda juda qo‘l kelmoqda, – deydi korxona rahbari Uchqun Mamanov. – Korxonamizda mehnat qilayotgan 23 ishchining aksariyati tumanimizdagi yengil sanoat kasb-hunar kolleji bitiruvchilaridir. Joriy yilda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va hajmini yanada oshirish va xorijga eksport qilishni rejalashtirganmiz.