Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qayta aloqaning “sirli mijozi” ishlamayotgan “ishonch telefonlari”ni aniqladi
17:58 / 2025-05-22

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida yo‘lga qo‘yilgan aloqa tizimlarining samaradorlik darajasi, shuningdek, ishonch telefonlari faoliyatining sifati “Qayta aloqaning “sirli mijozi” tadbiri orqali o‘rganib borilmoqda.

Agentlik tomonidan 104 davlat organi va tashkilotining bu boradagi faoliyati masofaviy monitoring tartibida o‘rganildi.

O‘rganishda qator vazirlik va idoralar, xususan,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilingan idoraviy aloqa (ishonch telefonlari) raqamlari orqali bir necha bor bog‘lanishga harakat qilinganda qo‘ng‘iroqlar javobsiz qoldirildi.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Bojxona qo‘mitasi ishonch telefonlari esa ishchi holatda emasligi aniqlandi va holat yuzasidan mas’ullar bilan bog‘lanib, bartaraf etish choralari  ko‘rildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va  chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va Yoshlar ishlari agentligining rasmiy veb-saytda e’lon qilingan idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) raqamlari ishchi holatda emasligi ma’lum bo‘ldi. 

Qayd etilgan qonunbuzilish holatlarini barataraf etish hamda  kelgusida bu kabi holatlar takrorlanishining oldini olish  choralarini ko‘rish bo‘yicha ushbu vazirlik va idoralarga taqdimnoma kiritildi.

N.Abduraimova, O‘zA