English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qaysi toifadagi tadbirkorlar ishchilarining daromad solig‘i qaytariladi?
16:02 / 2023-06-29

Kelayotgan oyning birinchi sanasidan qonunchilikda bir qator o‘zgarishlar bo‘ladi. Ularning ba’zilari haqida to‘xtalishda davom etamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting 2023 yil 14 iyundagi qarorida “Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag‘batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida yuqoridagi savolga aniq javob keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2024 yil 1 iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini aniq ko‘rsatilgan shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi.

Bu qanday shartlar? Bunga alohida to‘xtalamiz. Avvalo, har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini ta’minlash nazarda tutilmoqda.

Har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadni mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan (980 ming so‘m) miqdorda belgilash holatida. Shuningdek, issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan issiqxona faoliyati bo‘yicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi nazarda tutilgan.

O‘zA