Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qaysi sudyalar lavozimiga qayta tayinlandi?
09:20 / 2022-08-09

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash vakolatiga oid qator masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xususan, nomzodi ko‘rsatilgan bir necha nafar sudyalarni vakolati muddati davriga qayta tayinlashga oid masala ochiq tanlov va muqobillik asosida o‘tkazilib, muhokama yakunida ayrimlarining ish joylari o‘zgardi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Anorov Furqat Shuhratovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Tog‘ayev Murodullo Rahmat o‘g‘li – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Begimov Rufat Musurmonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati Samarqand shahar iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Mahmudov Behzod Ulug‘murodovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Nabiyev Husan Xoliqovich – sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan vakolat muddati yakuniga yetgan ayrim sudyalarni ushbu lavozimda bo‘lishining navbatdagi muddatiga tayinlashga oid masala ham ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar yakunida to‘rt nafar sudyaga qayta ishonch bildirildi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Hakimov To‘lqinjon Erkinovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudining raisi lavozimiga;

Ubaydullayev Dilshodjon Muhiddinovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Andijon viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Ibodullayev Anvar Abdujabborovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Abduazimov Ravshan Sobirjonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining raisi lavozimiga tayinlandi.



O‘zA