Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qaysi mahsulotlar tez uxlab qolishga yordam beradi?
18:15 / 2024-04-15

Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari boshqalarga qaraganda tezroq uxlab qolishingizga yordam beradi, deydi Britaniyaning “Sleep Charity” tashkiloti mutaxassislari. Xususan, banan magniy va kaliy kabi mikroelementlarning manbai bo‘lib, ekspertlar fikricha, tarang mushaklarni bo‘shashtirishga yordam beradi.

Banan tezroq uxlab qolish uchun foydalidir, chunki mevada yetarli darajada triptofan, tinchlanish gormonlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan aminokislota mavjud. Mutaxassislar uxlashdan oldin bir dona banan iste’mol qilishni tavsiya qiladi. 

Shuningdek, magniy quruq meva – bodomda ham borligi aytiladi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bodom uyqu paytida qondagi qand miqdorini barqaror ushlab turishga yordam beradigan va tanani faol adrenalin siklidan dam olish va ovqat hazm qilish rejimiga o‘tkazishga yordam beruvchi oqsillarni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha afzalliklarga ega.