Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qaysi mahsulot va yeguliklar umumta’lim muassasalarida sotilishi mumkin emas?
12:07 / 2022-09-06

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xot-dog, lavash, gamburger, “xrustyashki”, chips, energetik va gazli ichimliklarni kundalik taomnomadan chiqarishni tavsiya qiladi. Qolaversa, bu turdagi mahsulotlar yurtimizdagi umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga ko‘ra, go‘sht qo‘shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar) maktab oshxonalarida tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas, deya ta’kidlamoqda. 

Shuningdek, sun’iy ta’m, hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar qo‘shilgan qandolatchilik mahsulotlari, sun’iy konservantlari bo‘lgan “kiriyeshki”, “xrustyashki” va chipslar, rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar hamda veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht, baliq, parrandalar, jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-pochalar ham maktab oshxonalarida tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas. 

Tashqi qavati toza bo‘lmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar, bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli o‘zgargan, yorlig‘i bo‘lmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan konservalar, turli aralashmalar bilan yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va kremli qandolat mahsulotlari ham umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar ro‘yxatiga kiritilgan.  

Ta’kidlanshicha, xolodets, parranda va tuyoqli hayvonlar oyog‘idan tayyorlangan hamda kalla go‘shti ruletlari, o‘pka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar, pasterizatsiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq, qo‘lbola qatiq, epizootik nohush xo‘jaliklardan olingan, shuningdek, dastlabki ishlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va tarkibida etanol bo‘lgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar ham maktab oshxonalarida sotilishi mumkin emas. 

Ushbu ro‘yxatni quyidagicha davom ettirish mumkin. Qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, kvas, xom dudlangan go‘shtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, kaynatilgan kolbasa, sirka, xantal, xren, o‘tkir qalampir (qizil, qora) va boshqa o‘tkir ziravorlar, o‘tkir ta’mli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar, tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik ichimliklar, alkogol, pazandalik moylari, cho‘chqa yog‘i, margarin va boshqa gidrogen yog‘lar. 

Hatto, danakli mevalarning mag‘zi, saqich, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar, okroshka va sovuq sho‘rvalar, yog‘da qovurilgan tuxum, pashtet, go‘sht va tvorogli quymoqlar, tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar maktab oshxonalarida bo‘lishi taqiqlanadi. 

 

O‘zA