Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qaysi hududlarda yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilmoqda?
14:26 / 2025-08-27

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlar soni ko‘paymoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, korxonalar eng ko‘p Toshkent shahrida tashkil etilmoqda.

Umumiy hisoblanganda 2025 yilning yanvar–iyul oylari davomida respublikamizda jami 51 ming 159 ta korxona va tashkilot tashkil etilgan. Bu holat fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz hisoblanganda kelib chiqmoqda.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 foizga oshgan.  

Hududlar kesimida hisoblanganda Toshkent shahrida 11 ming 175 ta, Toshkent viloyatida 5 ming 5 ta, Xorazmda 4 ming 640 ta, Farg‘onada 4 ming 288 ta, Samarqandda 3 ming 809 ta, Qashqadaryoda 3 ming 211 ta, Surxondaryoda 2 ming 999 ta, Buxoroda 2 ming 880 ta, Andijonda 2 ming 689 ta, Namanganda 2 ming 626 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 ming 370 ta, Jizzaxda 2 ming 193 ta, Navoiyda 2 ming 6 ta hamda Sirdaryo viloyatida 1 ming 268 tani tashkil etmoqda.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA