Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qaysi hollarda tadbirkorlar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslik huquqiga ega?
18:05 / 2022-10-28

Ma’lumki, joriy yilning 13 sentyabr kuni “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra nazorat qiluvchi organlar tomonidan 2022 yil 1 noyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olinishi lozimligi belgilandi.

Qarorga muvofiq endilikda nazorat qiluvchi organlar «xavfni tahlil etish» tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik sub’ektini xabardor qilishi shart.

Qolaversa, tadbirkorlik sub’ektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va ob’ekti bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazishga va tadbirkorlik sub’ekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emasligi belgilandi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda, ya’ni tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmaganda, tekshiruv belgilangan tartibda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilmaganda yoki u xabardor etilmaganda, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lmaganida, ular tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga ma’lumotlarni kiritishdan bosh tortganida tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslik huquqiga ega.

O‘zA