Prezident Donald Tramp fuqarolari AQSHga kirishi taqiqlangan davlatlar ro‘yxatini kengaytirdi, deb xabar berdi Yevronyus.
Bular Burkina-Faso, Mali, Niger, Janubiy Sudan va Suriya kabi davlatlar. Shuningdek, Falastin pasportiga ega shaxslar ham AQSH ga kirishi taqiqlandi.
Bundan tashqari, 15 ta davlat uchun yangi cheklovlar joriy etildi, masalan: Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Kot-d’Ivuar, Dominika, Gabon, Gambiya, Malavi, Mavritaniya, Nigeriya, Senegal, Tanzaniya, Tonga, Zambiya va Zimbabve shular jumlasidandir.
Joriy yilning iyun oyida Afg‘oniston, Myanma, Chad, Kongo, Eritreya, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yamandagi fuqarolar taqiq ostiga kirgan edi. Cheklovlar mehmon sifatida va migratsiya maqsadida keluvchilarga ham birdek tegishli, deyilmoqda.
Shuningdek, taqiqdan doimiy yashash huquqiga ega viza egalari va ayrim maxsus kategoriyadagilar masalan, diplomatlar yoki sportchilar bundan mustasno. E’lon qilingan yangi qoidalar 2026 yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
AQSH ma’muriyati cheklovlar qo‘yilishini, bu davlatlarda korrupsiya, soxta hujjatlar tayyorlash va qonuniy nazoratning yo‘qligi, deb ko‘rsatmoqda. Bu holatlar Amerikaga keluvchilarni tekshirishni qiyinlashtiradi, deyiladi xabarda.
Falastin va Afg‘oniston fuqarolari bu cheklovlardan eng ko‘p ta’sir ko‘rishi kutilmoqda. Afg‘onistonlik AQSHga harbiy yordam ko‘rsatganlar uchun maxsus immigratsiya vizasi berilgan edi, ammo yangi cheklovlarda bu istisno yo‘q.
Ba’zi bir davlat rahbarlari AQSH bilan masalani aniqlashtirish uchun muloqot uyushtirishga harakat qilishmoqda. Bu vaziyatni qanchalik yumshatadi, hozircha noma’lum.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/iZcc9ioaCaw?si=d08g8iI_QFVxDzKa" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA