English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qayroqtosh bilan gaplashayotgan odam
12:17 / 2023-02-28

Charxning toshi aylanadi – shig‘-shig‘. Usta pichoqni toshga yaqinlashtiradi. Endi undan chirillagan tovush keladi. Bir tomonga qarab, bir ohangga o‘yin tushayotganday yulduzchalar sachraydi.

Ishoning, bu manzaraga befarq qarab bo‘lmaydi. Ijodkor do‘stimiz A’lo Abdullayev charxchi bilan bir muddat gurunglashadi.

Endi har kim o‘z ishini qila boshladi. Ajoyib – bir tomonda charx chirillaydi, bir tomonda fotoapparat shiqqillaydi.

Men qayroqtosh bilan gaplashayotgan odamni ko‘rib turardim go‘yo. O‘tmasligi uchun anchadan buyon keraksiz buyumga aylangan bolta ustaning qo‘lidan yaltirab chiqmoqda.

Charxchi hamisha ro‘zg‘orda tesha, bolta va oshxonada pichoq o‘tkir bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Bular bir buyum, lekin ular oilaboshining fe’lini, shijoatini ko‘rsatadi, deydi u.

Xizmat safari bilan yurganda shunga o‘xshash manzaralarga, qo‘shimcha ma’lumot ortiqchalik qiladigan bu kabi lavhalarga ko‘p duch kelamiz. Bu suratlar Qarshi shahridagi ko‘chalarning biridan olindi. Bu yerga boshqa axborot ilova qilishni lozim topmadik. Izoh har kimning o‘zidan bo‘laqolsin.

[gallery-10732]

Ikrom AVVALBOEV, A’lo ABDULLAEV(surat), O‘zA