English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qayer munosib? Ravshan Ermatov Osiyo kubogining final bosqichini o‘tkazish uchun munosib hudud izlamoqda
11:03 / 2022-01-08

Haqiqatan shunday. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar Qarshi shahriga borishdi.

Maqsad, joriy yil 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilangan Osiyo kubogining final bosqichi uchun munosib hududni tanlash.

Aytish lozimki, mazkur musobaqani qabul qilishga Qashqadaryo viloyati nomzod shaharlardan biri hisoblanadi.
Mehmonlar shahardagi stadion, mashg‘ulot maydonlari va mehmonxonalardagi sharoitlarni o‘rganishdi.

Turizm va sport vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, U-23 Osiyo kubogi bahslarini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tayyorgarlik ishlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hududlarda futbolning ommaviyligini oshirish va rivojlantirish maqsadida mamlakatimizdagi bir qator shaharlardagi mavjud infratuzilma bilan yaqindan tanishadi.

Mezbon shaharlar va stadionlar nomi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo futbol konfederatsiyasi(AFC) taqvim rejasiga binaon o‘yinlar 1-19 iyun kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA