Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qavali mahallasi bolajonlariga bayram tuhfasi
12:39 / 2025-09-01

FOTOREPORTAJ

Qarshi shahrining Qavali mahallasida mustaqilligimizning shodiyonasi nishonlanayotgan bir paytda yangi maskan – 4-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi. 

5 milliard 315 million so‘mlik investitsiya evaziga bunyod etilgan 180 o‘rinli ushbu go‘sha mahalla ahlining uzoq kutilgan orzularidan edi. Bu yerda davlat maktabgacha ta’lim muassasasi avval bo‘lmagan. Endilikda mahalla aholisi farzandlarini sifatli ta’lim bilan qamrab olish imkoniga ega bo‘ldi.

[gallery-25096]

Ochilish marosimida shahar hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari, nuroniylar ishtirok etdi. Yangi binoning yorug‘ va shinam guruh xonalari, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun mo‘ljallangan o‘yin maydonchalari, musiqa va sport zallari, tibbiyot xonasi zamonaviy jihozlangan. 

Tadbir davomida bolajonlar o‘zlarining raqslari, qo‘shiqlari va she’rlari bilan yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA