Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qator davlatlarda «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmalarini o‘tkazish muhimligi qayd etildi
16:46 / 2026-02-13

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Endilikda tarmoq rahbarlari va hokimlardan eksportda faqat hajm bo‘yicha emas, balki yangi mahsulot va yangi bozorlar bo‘yicha ham so‘rov bo‘lishi aytildi.  

Hokimlar, ularning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari elchilar bilan doimiy hamkorlik qilib, qayerda mahsulotga qancha ehtiyoj bor, bu bozorlarga kirish uchun nima talab etilishini o‘rganishi, ishni shunga moslab tashkil qilishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.  

2026-yilda Tunis, Marokash, Senegal, Iroq, Avstraliya, Portugaliya, Gretsiya va Nordik davlatlarda «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmalarini o‘tkazish muhimligi qayd etildi.  

«100 ta mahsulot akseleratori» dasturini boshlab, Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo davlatlariga eksportni yiliga kamida 25 foizga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zA