French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qat’iy choralar ko‘rildi
15:54 / 2025-06-18

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida soliq qarzi 8,5 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etgan “Fud Agro Sity” fermer xo‘jaligining foydalanuvidagi yer maydoni Prezidentimizning 2022 yil 10 maydagi “Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq xatlandi hamda belgilangan muddatda elektron auksion orqali realizatsiya qilinishi belgilandi.

Mazkur chora Oqoltin tumani hokimligi, viloyat soliq boshqarmasi va tuman soliq inspeksiyasi hamda Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan keng ko‘lamli nazorat va profilaktik tadbirlar doirasida amalga oshirildi. Shuningdek,  foydalanilmayotgan va samarasiz yuritilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yer maydonlari ham aniqlanib, ularni qonuniy asosda iqtisodiyotga qaytarish bo‘yicha  ishlar yo‘lga qo‘yildi.

– Reydlar davomida katta miqdorda qarzdorligi mavjud yuridik shaxslarning hisobotlari o‘rganilib, tegishli qonuniy ta’sir choralari ko‘rildi,  – deydi viloyat soliq boshqarmasi bosh inspektori Sardor Ibragimov.

Qayd etish joizki, mazkur tadbirlar soliq intizomini mustahkamlash, byudjet tushumlarini barqaror ta’minlash, yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash hamda qonuniylikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

  – Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining soliq to‘lov intizomini mustahkamlash, moliyaviy shaffoflikni oshirish hamda yer resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan belgilab bergan ustuvor vazifalari ijrosi doirasida bunday chora-tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi,  –  deydi viloyat soliq boshqarmasi katta inspektori Islom Mo‘minov.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri