Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatardan yurtimizga muntazam havo qatnovi yo‘lga qo‘yildi
01:01 / 2024-06-03

2024 yil 2 iyun kuni soat 10:28 da “Qatar Airways” aviakompaniyasiga tegishli “Airbus-320” samolyoti Doha aeroportidan havoga ko‘tarildi va 13:30 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi.

Parvoz vaqti 3 soatni tashkil qildi.
Ta’kidlanishicha, Doha – Toshkent – Doha yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovi haftasiga to‘rt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Kompaniyaning sharqiy hududlar bo‘yicha bosh vitse-prezidenti Marvan Koleylat kelgusida Dohadan Samarqand va Buxoro shaharlariga ham muntazam parvoz yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

Bosh qarorgohi Dohada joylashgan “Qatar Airways” milliy aviakompaniyasi dunyo bo‘ylab 170 dan ziyod yo‘nalishda uchadi. Ko‘plab nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan, “Skytrax” tomonidan yetti marta dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi sifatida e’tirof etilgan.