Qatarda bo‘lib o‘tgan dunyoning eng istiqbolli startaplar tanlovida O‘zbekistonning “IMAN” startapi top 3 talikka kirdi.
“IMAN” halol fintech yo‘nalishidagi startap bo‘lib, u shariatga muvofiq islomiy moliya operatsiyalari asosida faoliyat olib boradi.
IT-Park rezidenti bo‘lgan “IMAN” startapi tanlovning barcha bosqichlaridan finalgacha o‘tib, faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Sammitda 12 mingdan ortiq ishtirokchi, 1000 dan ortiq yirik startaplar, 500 dan ortiq investorlar va 200 ta spiker qatnashdi.
2023-yil Butunjahon hukumatlar sammiti doirasida BAA hukumati tomonidan tashkil etilgan “Best Global M-Gov Award” tanlovida O‘zbekistonning “Donʼt Waste” startapi 62 davlatdan ishtirok etgan 1000 dan ortiq loyiha orasidan 2-o‘rinni egallagan edi va 500 000 BAA dirhami (136 000 dollar) miqdoridagi mukofotga sazovor bo‘lgan.
Bundan tashqari, “Seeds for the future 2023" ta’lim dasturi doirasida o‘tkazilgan Huawei Tech4Good global tanlovida o‘zbekistonlik sakkiz nafar talaba Silver Awardni qo‘lga kiritdi va ulardan ba’zilari Peopleʼs Choice Award ovoz berish jarayonida “tomoshabinlar tanlovi” deb topildi.
N. Rahmonova, O‘zA muxbiri.