Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatardagi o‘zbekistonliklar ham ovoz beryapti (+video)
11:57 / 2024-10-27

Ma’lumki, Parlament sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 40 ta xorijiy davlatdagi mamlakatimiz diplomatik vakolatxonalarida 57 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Ayni payt mamlakatimizning Qatardagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan, barcha shart-sharoit yaratilgan 57-saylov uchastkasida ham yurtdoshlarimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar uchun ovoz berish jarayonida ishtirok etmoqda.

Ushbu arab davlatidagi yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri - Lusayl universitetida tahsil olayotgan, o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanish uchun kelgan talabalar Allayar Nurimbetov va Nilufar Turg‘unboyeva O‘zA uchun qisqa intervyu berdi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/s_AuAHlEwn8" title="Qatardagi o‘zbekistonliklar ham ovoz beryapti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muharrama Pirmatova, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA