Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatarda O‘zbekiston elchixonasi ochildi
15:48 / 2023-12-12

Qatar axborot agentligi – “QNA” sahifasida “Doxada O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi ochildi” nomli maqola e’lon qilindi.

Yana bir davlatda asosiy diplomatik vakolatxonamiz ochilishi marosimida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qatar tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi doktor Ahmad bin Hasan Al-Hammadiy ishtirok etdi.

Endi ushbu arab davlatida ham yurtimiz bayrog‘i doimiy hilpirab turadi.

Vazirlar ikki mamlakat rahbarlari sa’y-harakati o‘laroq, o‘zaro munosabat misli ko‘rilmagan darajada rivojlanayotganini yakdil e’tirof etishdi. Elchixonalar esa ushbu aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Baxtiyor Saidov joriy yil may oyida Toshkentda Qatar Davlati diplomatik vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilganini eslab o‘tdi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA