Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar. Yana rekordlar. Sevgi... va iste’fo...
16:50 / 2022-12-01

Kecha jahon chempionatida Argentina Polshani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Lionel Messi 37-daqiqada belgilangan 11 metrlik jarima to‘pini darvozaga yo‘llay olmadi. Messi mundialda ikkinchi bor shunday imkoniyatdan foydalana olmaganio‘yinchi sifatida tarixga kirdi. Argentina afsonasi 2018 yil Islandiya darvozasini aniq nishonga ololmagan edi.

Ikki bor 11 metrlik belgidan gol ura olmagan Gana vakili Asamoa Gyan 2006 yil Chexiyaga, 2010 yil Urugvayga “yon bosgan” edi. Shuningdek, Messi mundialning bir o‘yinida besh marta gol urish vaziyatini yuzaga keltirgan “eng keksa” hujumchi, deya e’tirof etildi. Bu borada avvalgi rekordchi Diyego Maradona edi. U 1994 yil shunday natijaga erishgan.

 38-daqiqada Polsha darvozaboni Voysex Shensni Messining 11 metrlik nuqtadan yo‘llagan zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Shensni bu muvaffaqiyati bilan bir jahon chempionatida ikki bor muqarrar golni yo‘qqachiqargani bilan tarix yozildi. Ilgari amerikalik Bred Fridel (2002) va boshqa bir polyak Yan Tomashevskiy shunday natijaga erishgan edi.

Polshaliklar 1986 yildan buyon ilk bor pley-off bosqichiga chiqdi: bittadan durang, g‘alaba va mag‘lubiyat. To‘plar nisbatiga ko‘ra, Polsha 1/8 finalda ishtirok etadigan bo‘ldi.

So‘nggi o‘yinda Meksikadan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan Saudiya Arabistoni ham chempionatni tark etadi. “JCH-2022” guruh bosqichida 14 ta “sariq kartochka” olib, arablar mundialning yana bir aksil rekordini o‘rnatdi.
Meksika 1978 yildan beri sakkiz bor jahon chempionatida qatnashib, birinchi marta pley-offga chiqolmay qoldi.

Meksikalik yarim himoyachi Luis Chaves saudiyaliklar jarima maydoni tashqarasidan turib, to‘qqiz marta raqib darvozasini nishonga oldi. Bu 26 yoshli futbolchi tomonidan 52 yil ichidagi jahon chempionatlarida qayd etilgan eng yaxshi ko‘rsatkichdir. So‘nggi marta 1970 yil Chexoslovakiya –Angliya matchida Yozef Adamets shunday natijaga erishgan edi.

Tunis –Fransiya (1:0) matchi bosh hakami Mettyu Konger Antuan Grizmannning 90+8-daqiqadagi golini o‘yin tugagani to‘g‘risidagi hushtak chalingandan keyin urildi, deya bekor qildi. Mutaxassislar final hushtagigacha sudya maydonda istagan qarorini chiqara oladi, ammo hushtak chalganidan keyin qarorini o‘zgartirishi mumkin emas edi, deyishdi. FIFA bu voqeani sharhlamadi.

Fransiya darvozaboni Stiv Mandanda milliy jamoaning eng yoshi ulug‘ o‘yinchisi, deb topildi. 37 yoshli Stiv Tunis bilan matchda darvozani himoya qildi. Afrika jamoasi g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, turnirni davom ettirolmaydi.
Avstraliya Daniyani 1:0 hisobida yutdi. Okeaniya jamoasi guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqdi.

Xavfsizlik xizmati Tunis –Fransiya matchida maydonga tushib olgan tomoshabinni qo‘lga oldi. Amaldagi tartibni buzgan bezorining qo‘lida Falastin bayrog‘i bor edi...

Xabarlarda Ispaniya taxti vorisi, Qirol Filipp VI ning qizi – ispan malikasi Leonor “Barselona” va milliy terma jamoa yarim himoyachisi Gavini sevib qolgani yozilyapti. U maktabda futbolchining ko‘plab suratlarini o‘zi bilan olib yurarkan. Filipp VI Qatarga kelgan. U Kosta-Rika ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng ispaniyaliklarni tabriklab, Gavidan kichik o‘lchamdagi futbolkaga imzo qo‘yib berishini so‘ragan...

Meksika bosh murabbiyi Xerardo Martino Saudiya bilan matchdan keyin iste’foga chiqqanini ma’lum qilgan.

Abror XON,

O‘zA