Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi
11:52 / 2022-10-04

Qatar Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi hamda o‘zaro muloqot zarurligini ta’kidlaydi, deyiladi Qatar tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan bayonotda.

"Qatar davlati Rossiyaning Ukraina yerlarini anneksiya qilib olishi bilan bog‘liq Rossiya – Ukraina inqirozining joriy rivojini katta tashvish bilan kuzatmoqda va Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralarda suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish zarurligini ta’kidlaydi, inqirozni bartaraf qilish uchun muloqotni yo‘lga qo‘yish zarur, deb hisoblaydi", - deyiladi bayonotda.  

Qatar tashqi ishlar vazirligi bayonotida ta’kidlanishicha, Qatar BMT nizomlari va umumtanolingan xalqaro huquqlarga rioya qilinishi, jumladan, xalqaro bahslarni tinch yo‘l bilan hal etilishini qo‘llab-quvvatlaydi.