Qatar Trampga hashamatli samolyot hadya qilmoqchi
“IRNA” axborot agentligining yozishicha, Qatar qirollik oilasi AQSH prezidenti Donald Trampga “Boeing” 747-800 jumbo samolyotini sovg‘a qiladi.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisi ushbu uchoqdan lavozimidan ketganidan keyin ham shaxsiy maqsadlarda foydalanmoqchi.
Mazkur samolyot taxminan 400 million dollar turadi.
Qiziq jihati, Amerika Konstitutsiyasi hukumat lavozimini egallagan har qanday shaxsga Kongress roziligisiz biron bir qirol, shahzoda yoki xorijiy davlatdan sovg‘a, mukofot, mansab yoki unvonni qabul qilishni taqiqlaydi.
Ayni paytda Tramp Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA