Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar olti yildan keyin BAAga elchi tayinladi
13:13 / 2023-07-24

Qatar Amiri Sulton bin Salmin Al-Mansuriyni Birlashgan Arab Amirliklariga elchi etib tayinladi. Mamlakat Amiri, shayx Tamim bin Hamad Al-Taniy imzolagan shu haqdagi farmon matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Doxa va Abu-Dabi o‘rtasidagi diplomatik munosabat 2017 yil to‘xtatilgandan keyingi Qatarning BAAdagi birinchi elchisi Al-Mansuriy 2014-2019 yillarda Xitoyda, 2019-2023 yillarda Avstriyada elchilik faoliyatini yuritgan.

2017 yil iyun oyida Bahrayn, Misr, Yaman, Liviya, BAA va Saudiya Arabistoni Qatar bilan diplomatik aloqani to‘xtatadi. Bunday qarorning asosiy sababi etib Qatarning beqarorlashtirish siyosati, shuningdek, Amir tomonidan amaldagi ekstremistik mafkura va guruhlarni qo‘llab-quvvatlashi ko‘rsatilgan.

Doxa bu ayblarning hech birini tan olmagan. Joriy yil 19 iyunda BAA diplomatik munosabat, xususan, elchixona va Dubay shahrida konsullik faoliyati tiklanishini e’lon qilgan edi.

 

O‘zA