Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar, Misr va AQSH G‘azo bo‘yicha muzokarani tiklash tarafdori
16:06 / 2024-08-09

Qatar, Misr va Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroil va XAMASni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokarani qayta boshlashga chaqirdi. Hududda urush davom etayotgani tomonlarning mojaro yanada avj olishi xavotirini kuchaytirmoqda.

“Al-Jazeera” nashri xabariga ko‘ra, payshanba kuni e’lon qilingan qo‘shma bayonotda uch davlat Isroil va XAMASni 15 avgust kuni Doha yoki Qohirada “shoshilinch muhokamani davom ettirish, bo‘shliqlarni yopish va kelishuvni kechiktirmasdan amalga oshirishni boshlash”ga chaqirgan.

– Otashkesim kelishuvini tuzish, garovga olinganlar va mahbuslarni ozod qilish vaqti keldi, – deyilgan hujjatda. – Biz doiraviy bitimga erishish uchun bir necha oy ishladik va hozir tegishli hujjat muzokara kun tartibiga qo‘yilgan. Endi faqat rejani amalga oshirish qoldi.

Bosh vazir Binyamin Netanyaxu idorasi chaqiruvga tezda javob berib, Isroil kelasi hafta “xulosa chiqarish va doiraviy kelishuvga erishish maqsadida” muzokaraga delegatsiya yuborishini aytdi.

G‘azo sektorini boshqaradigan Falastin siyosiy fraksiyasi – XAMAS hozircha bunga munosabat bildirgani yo‘q.