English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar mamlakatda qolib ketganlarga vizani uzaytirdi
18:04 / 2026-03-03

Qatar Ichki ishlar vazirligi mamlakatda havo hududi yopilishi sabab qolib ketgan xorijlik sayohatchilarga berilgan viza muddati bir oy uzaytirilishini bildirdi. Barcha toifadagi vizalarga taalluqli ekani aytilgan mazkur qaror ijrosi doirasida qo‘shimcha to‘lov talab etilmaydi. Keyingi o‘zgarish vaziyat rivojiga qarab e’lon qilinishi mumkin. Bu haqda “Euronews” nashri yozgan.

28-fevraldan oldin vizasi tugagan shaxslar esa muddatdan oshgan kunlar uchun jarima to‘lashga majbur. Qatar 102 davlat fuqarolariga bepul “visa on arrival” taqdim etadi, Yevropaning aksar mamlakatlari uchun 90 kunlik ruxsat amal qiladi.

“Qatar Airways” har kuni parvozlar jadvali o‘zgarishi bo‘yicha yangi malumot beryapti. 28-fevraldan 10-martgacha bo‘lgan oraliqdagi kunlar uchun buyurtma qilingan chiptalarni 14 kungacha ko‘chirish yoki pulni qaytarib olish mumkin. Hozircha mamlakatga kirish-chiqish parvozlari tiklanmagan.

Tailand ham reyslar bekor qilinishi ortidan Yaqin Sharq hududida qolib ketgan sayyohlar uchun vizani uzaytirmoqda. Bangkok va Pxuketdan o‘nlab reys bekor qilingan, mehmonxonalarga esa narxni pasaytirish tavsiya qilingan.

Musulmon Ziyo, O‘zA