Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar elchisi bilan uchrashuv
18:54 / 2022-12-27

2022 yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qatar davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi.

Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olar ekan, elchini lavozimga kirishgani bilan tabrikladi va uning mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

[gallery-10093]

Muloqot avvalida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Qatar tomonini futbol bo‘yicha Jahon chempionati muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi. O‘zbekiston –Qatar munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekani ta’kidlandi. Tomonlar ikki tomonlama siyosiy muloqot faollashganini qayd etar ekan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarish tarafdori ekanini ta’kidlashdi. Parlamentlararo muloqotni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Madaniy-gumanitar va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali bo‘yicha so‘z yuritildi. Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Saidmurod Rahimov, Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA