Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar davlatidan fotoreportaj
16:17 / 2024-12-04

Ayni paytda O‘zA fotomuxbiri Hotam Mamadaliyev xizmat safari bilan Qatar davlatida bo‘lib turibdi. Fotomuxbirmiz Qatardan tayyorlagan fotoreportajni hukmingizga havola qilamiz.

Qatar – madaniy o‘ziga xoslik va zamonaviylikni jam qilgan, dengiz va sahro bag‘ridan joy olgan davlat. Ushbu mamlakat nafaqat zamonaviy osmono‘par binolari, balki tabiati bilan ham sayyohlarni o‘ziga chorlaydi. Qatarda oktyabrdan to mart-aprel oylarigacha ob-havo nisbatan iliq bo‘ladi, havo harorati +12…+15 darajagacha bo‘lishi mumkin. Maydan sentyabrgacha jazirama yoz – harorat odatda +45 darajadan yuqori bo‘ladi. Yomg‘irlar asosan bahorda kuzatiladi. 

[gallery-20681]

Arab tili Qatarning rasmiy tilidir. Ingliz tili juda ommalashgan. 

Qatar iqtisodiyotining asosi – gaz va neft qazib chiqarish, uni qayta ishlashdan iborat. Neft va gaz qazib olish davlat daromadlarining umumiy 70 foizidan ortig‘ini, yalpi ichki mahsulotning 60 foizidan ortig‘ini va eksport tushumining qariyb 85 foizini tashkil qiladi. Qatar dunyodagi tabiiy gaz zaxirasiga ega davlat sifatida uchinchi, uni eksport qilish bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi. Bundan tashqari mamlakat iqtisodiyoti rivojida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi ham katta.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA