Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar. Braziliya va Xorvatiya g‘olib. Yana iste’fo...
22:01 / 2022-12-06

Bugun “JCH-2022”da Marokash—Ispaniya va Portugaliya—Shveysariya o‘yinlari bilan 1/8 final bosqichi yakunlanadi.

Kecha braziliyaliklar Janubiy Koreya jamoasini 4:1 mag‘lub etdi. Ishonchli g‘alabaga matchning yettinchi daqiqasida kiritilgan tezkor gol muhim o‘rin tutdi, deyish mumkin.

Kasalxonada davolanayotgan Braziliyaning afsonaviy futbolchisi Pele shogirdlarini navbatdagi yutuq bilan tabriklab, qarindoshlari orqali “Yengil tortdim. Futbolchilar bugungi kunimni baxtga to‘ldirishdi”, deb murojaat yo‘lladi.

Janubiy Amerika o‘yinchilari match tugashi bilan Peli rasmi tushirilgan bannerni maydonga olib chiqishib, unga salomatlik tilashdi.  

Koreyaning bosh treneri Paulu Bentu jamoasining mag‘lubiyatidan keyin lavozimidan iste’fo berdi.

“Men iste’fo mavzusini sentyabr oyida hal etib qo‘ygan edim. Men yigitlarning ko‘rsatgan jasoratlaridan mamnunman, ular ko‘p kuch sarflashdi, ularga minnatdorlik bildiraman”, dedi bosh trener.  

Paulu Bentu jamoani 2018 yildan beri boshqarib kelayotgan edi.

Braziliya va «PSJ» jamoalarining hujumchisi Neymar Yaponiya bilan matchning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.  

Neymar yana bitta gol ursa Pelening rekordiga yetib oladi. Hozir uning hisobida 76 gol bor. Pele Braziliya jamoasi safida 77 ta gol kiritgan edi.

Shuningdek, tajribali o‘yinchi kechagi 11 metrli jarima to‘pi bilan Braziliya jamoasining tarixida uchta mundialda gol urganlar qatoridan joy oldi.  Avval afsonaviy futbolchilar Pele va Ronaldo bu muvaffaqiyatga erishgan edilar.  

Neymar 2018 yilda Rossiyada Meksika va Kosta-Rika hamda 2014 yilda Braziliyada Xorvatiya va Kamerun darbozalarini ishg‘ol qilgan edi.  

Jamoaning himoyachisi Tyago Silva ham jahon chempionatida rekord o‘rnatdi. U hujumchi Risharlisonuga gol urishi uchun aniq to‘p yetkazib berdi. 38 yoshli Silvadan oldin kamerunlik Roje Milla “JCH-1990”da aynan shu yoshida to‘p uzatib bergan edi.  

«Barselona», «PSJ» va «Yuventus»ning sobiq o‘yinchisi Dani Alves Braziliya jamoasi safida ko‘p qatnashganlarning ikkinchi safidan o‘rin oldi. Koreya bilan o‘yinda 63 daqiqada maydonga tushgan futbolchining jami terma komanda tarkibida 126 o‘yin o‘tkazdi.  

39 yoshli Alves bu borada Roberto Karlosdan o‘zib, faqatgina Braziliya safida 142 o‘yin o‘ynagan Kafudan ortda qolmoqda.

Braziliyaliklar 1998 yildan beri mundialning pley-off matchlarida bir o‘yinda to‘rtta gol urgandilar. O‘shanda Fransiyada o‘tgan chempionatda Chili darbozasiga to‘rt to‘p kiritishgan edi.  

Braziliyaliklar bosh treneri Tite Qatar chempionatida qatnashish uchun kiritilgan barcha 26 o‘yinchilarni maydonda sinab ko‘rishga muvofiq bo‘ldi. Zaxiradagi eng so‘ngisi darbozabon Veverton edi, kecha u ham maydonga tushirildi. Bu ham braziliyalarning jahon chempionatlarida eng ko‘p futbolchi o‘ynatgan rekordga yetishdi.

Yaponiya va Xorvatiya matchining asosiy vaqtida 1:1 durang natijaga erishiladi, qo‘shimcha vaqtdan keyin 11 metrdan to‘p tepishlar bo‘yicha yaponlar ustunlikni egallashadi (1:3).

Yaponiya bosh treneri Xadzime Moriyasu “yigitlarmiz 120 daqiqa maydonda to‘p surib, oxirida charchab qolganliklari bilinib qoldi. Baribir ular jasorat ko‘rsatdilar, men ularni tabriklayman”, deb bayonot berdi.  

Xorvatiya va Madridning «Real» yarim himoyachisi Luka Modrich kechagi o‘yinni sharhlab, “Yaponiya tinmay hujum uyushtirdi, maydonda nima qilayotganliklarini bilib turishdi. To‘g‘risini aytganda o‘yin teng bo‘ldi”, deb baho berdi.

Matchning qahramoni Xorvatiya darbozaboni Dominik Livakovich bo‘ldi. Asosiy o‘yindan keyingi to‘p tepishlar seriyasida raqibning uchta to‘pini qaytardi. Mundial tarixida u shunday natijaga erishgan uchinchi darbozabon bo‘ldi.

Undan oldin 2006 yilgi chempionatda Portugaliya golkiperi Rikardo Angliyaning va Xorvatiya darbozaboni Daniel Subashich Daniya bilan matchlarda raqib to‘pini ushlab qolishgan edi.

 

 

 

Abror XON, O‘zA