Qatar biznes missiyasi Namanganda
Qatar ishbilarmonlaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida Namangan viloyatiga ham safar uyushtirildi.
Hamkor davlatning qator yetakchi kompaniyalari vakillari viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bilan uchrashib, mintaqadagi biznes, sarmoya, eksport va turizm imkoniyatini o‘rgandi.


Rejaga ko‘ra tashkil etilgan O‘zbekiston – Qatar biznes forumida turli sohalar bo‘yicha sheriklik ko‘lamini kengaytirish masalasi muhokama qilindi.