Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar bilan raqamli va investitsion hamkorlik mustahkamlanmoqda
10:22 / 2025-06-12

Raqamli ta’lim — ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalar orqali samarali qilishni ko‘zlovchi tizim. Unga onlayn kurslar, mobil ilovalar, virtual sinflar kiradi.

Ushbu sohani rivojlantirish esa bugunning talabi. Chunki bugungi mehnat bozoriga dizayn, buxgalteriya, SMM, dasturlashni biladigan kadrlar kerak.

Raqamli texnologiyalar vazirligida Qatarning "MBK Holding" kompaniyasi vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvda ham aynan raqamli ta’lim, startap, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish kabi sohaga tegishli bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

Tashrif davomida mehmonlarga O‘zbekistonning rivojlangan raqamli infratuzilmasi tanishtirildi. Ular Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park va UZINFOCOM– yagona raqamli integrator faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  

"MBK Holding" — 1969 yilda Dohada tashkil etilgan oilaviy tashkilot bo‘lib, raqamli texnologiyalar, yuqori texnologiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan. Kompaniya yosh tadbirkorlar va innovatsion loyihalarni rivojlantirishga kuchli e’tibor qaratadi.  

"MBK Holding" tomonidan O‘zbekistonning raqamli ekotizimi va startaplariga investitsiya kiritish, Qatar raqamli yechimlarini integratsiya qilish, Qatardagi kompaniyalar uchun O‘zbekistondan IT mutaxassislarni yollash kabi yo‘nalishlarga katta qiziqish bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib oldi.

N.Rahmonova, O‘zA