Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilinadi
10:03 / 2023-09-14

Kuni kecha qabul qilingan “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2023 yil 6 iyunda Samarqand shahrida imzolangan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.  

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.  

 

O‘zA