Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar amiri Niderlandiya Bosh vazirini qabul qildi
11:50 / 2023-11-09

Qatar davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Niderlandiya Qirolligi Bosh vaziri Mark Rutte bilan Amiri Devonda rasmiy muhokama sessiyasini o‘tkazdi. Bu haqda Qatar axborot agentligi – QNA xabar berdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabat, mavjud aloqalarni mustahkamlash yo‘llari muhokama qilindi hamda o‘zaro manfaatli qator mavzular, xususan, Falastindagi vaziyatning rivojlanishi, o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va hududga insonparvarlik yordami yetkazish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar tahlil etildi.

– Jumladan, G‘azoga qarshi tajovuzni zudlik bilan to‘xtatish, xavfsiz yo‘laklarni ochish masalasini muhokama qildik, – deb yozgan Amir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA