English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar amiri AQSH davlat kotibi bilan uchrashdi
11:10 / 2024-06-14

Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Dohada qamaldagi Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishga qaratilgan vositachilik saʼy-harakatini kuchaytirish masalasini muhokama qildi.

QNA xabariga koʻra, Amir va Davlat kotibi turli sohalardagi munosabatni mustahkamlash yoʻllari, shuningdek Gʻazoda va Falastinning bosib olingan boshqa hududlaridagi vaziyatni tahlil qilgan. Bundan tashqari tomonlar zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish va mintaqaga gumanitar yordam oqimini taʼminlashga qaratilgan vositachilik harakatini rivojlantirish zarurligini taʼkidlagan. 

Rasmiylar ishtirokida oʻtkazilgan qoʻshma matbuot anjumanida Blinken aytishicha, XAMAS Prezident Jo Baydenning Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish va mahbuslar almashinuvini amalga oshirish haqidagi taklifiga “oʻzgarish kiritish”ni taklif qilgan. 
– Ularning baʼzi fikrlariga qoʻshilish mumkin, – degan Davlat kotibi.