Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qatar-2022”: Ayrim ishqibozlarning safar xarajati tashkiliy qo‘mita tomonidan qoplanadi
17:57 / 2022-11-02

Futbol bo‘yicha “Qatar-2022” tashkiliy qo‘mitasi a’zolari mazkur musobaqa tafsiloti va targ‘ibotini ijtimoiy tarmoqda keng yoritayotgan muxlislarning jahon chempionatiga safari bilan bog‘liq xarajatni qoplash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi. Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, o‘tgan hafta Niderlandiyaning “NOS” teleradiokompaniyasi tashkiliy qo‘mita bilan 50 nafar muxlisning kelish-ketish xarajati Qatar hisobidan qoplanishi, ular 20 noyabr kuni Qatar va Ekvador o‘yini hamda chempionatning ochilish marosimida qatnashishi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Shartnomaga binoan, muxlislar ijtimoiy media odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari kerak. Ular jahon chempionati to‘g‘risida ijobiy xabarlarni tarmoqda keng tarqatishi va "har qanday haqoratli, qadr-qimmatni kamsituvchi izohlar" haqida tashkiliy qo‘mita tizimidagi Meros qo‘mitasi (SC)ga xabar berishlari zarur.

Qarorga ko‘ra, bunday kelishuv asosida dasturga muvofiq 60 mamlakatdan 400 nafar futbol fanati qamrab olinadi. Bu, o‘z navbatida, muxlislarni jamlash, yaxshi xabarlarni keng tarqatish orqali chempionatga e’tiborni yanada ko‘proq qaratishga xizmat qilishi lozim, deyiladi xabarda.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA