Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish yo‘lida hamkorlik
17:35 / 2025-11-04

Poytaxtimizda Mudofaa vazirligi ishchi guruhi hamda “O‘zarxiv” agentligi ishchi guruhi hamkorligida davlatimiz rahbarining 2024 yil 19 iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib qilish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda siyosiy qatag‘on qurbonlariga oid arxiv hujjatlaridan foydalanish, ularning hayoti va faoliyatini o‘rganish, jadidlar hayotiga oid hujjatlarni tahlil qilish hamda ilmiy nashrlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Tahlillar asosida bir qator xulosalar va takliflar ishlab chiqildi. Mudofaa vazirligi mas’ullariga arxiv ishi jarayoni yaqindan tanishtirildi.

Yig‘ilish yakunida Mudofaa vazirligi va “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida qatag‘on qurbonlari bo‘lgan shaxslarga oid adabiyotlar, arxiv hujjatlarini ilmiy o‘rganish, raqamlashtirish va keng jamoatchilikka yetkazishda hamkorlikning yangi bosqichini belgilash maqsadida Memorandum imzolandi.

Tadbirda qayd etilganidek, bu hamkorlik tarixiy haqiqatni chuqur o‘rganish va qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA