Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Qatag‘on qurbonlari – millat fidoiylari”
18:42 / 2023-09-14

“Nuroniy” jamg‘armasining Andijon viloyat bo‘limi Andijon davlat universitetida "Qatag‘on qurbonlari –millat fidoiylari” mavzusida uchrashuv o‘tkazdi.

“Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi O‘.Axunov, “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi vakili  U.Rahmatov, professor R.Shamsutdinovlar har bir millat va elatning o‘z tarixi bor, ana shu tarix zamirida esa, milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘usi mujassam ekanligini alohida qayd etdi.    

Begunoh kishilarning qatl etilishi, konsentratsion va mehnat tuzatuv lagerlariga  yuborilganlar orasida Andijon viloyatidan ham ko‘pchilik bo‘lib, ular  6 ming nafarni tashki etadi. Shu kungacha ularning 1800 nafarining nomlari aniqlandi.  

Tadbir yakunida ishtirokchilarga qatag‘on qurbonlari haqida yozilgan kitoblar sovg‘a qilindi.                 

N.Bozorova, O‘zA muxbiri