2025 yil 4 noyabr kuni “2025-2026 yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “2025-2026 yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.
Unda quyidagilar nazarda tutildi, jumladan:
— har yili oktyabrning birinchi haftasida Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligini o‘tkazib borish;
— har yili oktyabr oyida qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan respublika darajasida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish;
—Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish.
Qarorga ko‘ra, o‘quvchi-yoshlar va talabalar ishtirokida qatag‘on qurbonlari tavallud topgan maskanlarda “Yurt va millat fidoyilari yoddan chiqmaslar” mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkaziladi.
O‘zA