Qatag‘on qurboni Orifjon Olimjonov xotirasi yoshlar qalbida
Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 4 noyabrdagi 691-sonli qarori ijrosi doirasida Orifjon Olimjonovning hayoti va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda oliygohning qurilish muhandisligi fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J. Anorboyev va qo‘shma ta’lim dasturi talabalari ishtirok etdi. Unda qatag‘on qurbonining tarixiy xizmatlari, millat ravnaqi va xalq ta’limiga qo‘shgan hissasi atroflicha muhokama qilindi.

Davra suhbatining asosiy maqsadi yoshlarni tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir davrlarni anglashga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur tadbir institutda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni tarixiy merosga hurmat bilan yondashishga rag‘batlantirishda muhim qadam sifatida baholandi.
Abdujalol Qayumov, O‘zA