Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatʼiy yondashuv: Moskva “Normandiya sammiti”dan nimani xohlamoqda?
20:59 / 2019-12-09

Rossiya bugun Parijda boʻlib oʻtadigan “Normandcha format”dagi kelishuvlarga nisbatan qatʼiy munosabat bildirmoqda. OAVda qayd etilishicha, Moskva Kiyevdan farqli oʻlaroq, Minsk kelishuvlarini qayta koʻrib chiqishga rozi emas.


Rossiya bugun Parijda boʻlib oʻtadigan “Normandcha format”dagi kelishuvlarga nisbatan qatʼiy munosabat bildirmoqda. OAVda qayd etilishicha, Moskva Kiyevdan farqli oʻlaroq, Minsk kelishuvlarini qayta koʻrib chiqishga rozi emas.

Rossiya masalaga bunday yondashuvni Fransiya va Germaniya ham qoʻllab-quvvatlashiga, yaʼni Minsk kelishuvlarini amalga oshirishdan boshqa yoʻl yoʻqligini tasdiqlashiga umid bildirmoqda. Ukrainalik siyosatchilar esa bu shartlar eskirganini taʼkidlab, ularga tuzatishlar kiritish zarur, deb hisoblaydi.

Normand toʻrtligi 2014-yil — Ukrainada davlat toʻntarishi yuz bergach, Donbassda qurolli toʻqnashuvlar boshlangan dastlabki davrdayoq tuzilgan. Oʻshanda tan olinmagan Donesk va Lugansk Xalq Respublikalari tashkil etilgandi.

Normand toʻrtligi soʻnggi bor — Rossiya, Ukraina, Fransiya va Germaniya rahbarlari 2016-yili Berlinda uchrashgan. Ishtirokchi davlatlar tashqi ishlar vazirlari Minsk kelishuvlarini bajarish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqishlari lozim edi.

Unga koʻra, diplomatlar tomonlarning harbiy nizolarni bartaraf etish boʻyicha qadam-baqadam harakatlari rejasini tuzib chiqdi. Bundan tashqari vazirlar harakatlar ketma-ketligi hamda vaqtinchalik amal qilish doirasi boʻyicha kelishib olishgan edi. Asosiy bandlar sifatida mintaqada saylovlar oʻtkazish va shundan soʻng mintaqalarning Ukraina tarkibidagi alohida mavqeini qonun bilan mustahkamlash belgilandi.

Afsuski, bu shartlar bajarilmadi, chunki Kiyev Minsk kelishuvlarini amalga oshirish va natijada hududdagi harbiy harakatlarni toʻxtatishga toʻsqinlik qila boshladi. Shu tariqa tinchlik oʻrnatilishi masalasi muhokamasi uch yilga choʻzilib ketdi, deyiladi xalqaro ommaviy axborot vositalari xabarlarida.

Vladimir Zelenskiy hokimiyat tepasiga kelgach, “Shtaynmayer formulasi” boʻyicha kelishuvga yoʻl ochdi. Ukrainaning bir qator shaharlarida norozilik namoyishlari yuzaga keldi. Bundan tashqari muhim nuqtalar – Petrovskoye va Zolotoye aholi punktlarida qoʻshinlar shay qilindi. Ushbu vaziyat yana bir bor “Normandiya sammiti” uyushtirilishiga, Putin va Zelenskiy oʻrtasidagi ilk yuzma-yuz uchrashuv imkoni paydo boʻlishiga sabab boʻldi.

Har ikki tomonning harbiy kuchlari tarqatilgach, Donbassda mahalliy oʻz oʻzini boshqarish organlariga saylovlar boʻlib oʻtishi kerak. Oʻz navbatida, hukumat ovoz berish jarayoni faqat koʻngillilar Rossiya bilan chegaradosh hududlar nazoratini Ukraina tomoniga topshirgan taqdirdagina boʻlib oʻtishini taʼkidlamoqda.

— Bu shubhasiz juda nozik masala, — degan Zelenskiy Fransiyaning “Le Monde” gazetasi muxbiriga bergan intervyusida. — 2015-yildagi Minsk kelishuvlariga muvofiq, saylovlardan soʻng chegaradagi nazorat tiklanishi shart. Men voqealarning bunday rivojlanishiga rozi emasman.

Ukraina rahbari ushbu masalani bevosita Parijdagi muloqot davomida koʻtarishini bildirgan.

Taʼkidlash joiz, saylovlar nizolarni bartaraf etishda eng nozik nuqtalardan biri. Sababi, Donbassning muayyan qismiga tegishli alohida mavqe avvaliga vaqtincha (ovoz berish kuni), keyin esa (qachonki, YEXHT natijalarni haqqoniy, deb topsa) doimiy muddatga belgilanadi.