French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qasri Orifon qishlog‘i “turizm qishlog‘i” maqomini oldi
15:09 / 2025-07-24

Shu munosabat bilan Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan “Qasri Orifon” turizm qishlog‘ining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda turizm sohasiga berilayotgan e’tibor, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar va turizm qishloqlari orqali hududlar iqtisodiyoti va jozibadorligini oshirish imkoniyatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlash joiz, mazkur qishloq qadimiy tarixiy obidalari, ziyoratgohlar va milliy an’analarni saqlab kelayotganligi bilan alohida ajralib turadi. Ayniqsa, “Qasri Orifon” qishlog‘i mashhur avliyo Bahouddin Naqshband maqbarasiga yaqin joylashgani bilan ham ko‘plab sayyohlar e’tiborini tortmoqda. Yil davomida bu yerga minglab mahalliy va xorijiy mehmonlar tashrif buyuradi. Albatta, bu kabi turizm qishloqlari nafaqat sayyohlar uchun yangi manzillar, balki mahalliy aholi uchun barqaror daromad manbai, madaniy merosimizni asrab-avaylash va targ‘ib etishning samarali usulidir.

[gallery-24444]

Tadbir doirasida Turizm qo‘mitasi tomonidan “Qasri Orifon” qishlog‘iga “turizm qishlog‘i” maqomi berilganligi to‘g‘risidagi sertifikat tantanali ravishda topshirildi. Shundan so‘ng, turizm qishlog‘ida yangi tashkil etilgan turistik ob’ektlar bilan tanishtirish maqsadida turizm sohasi vakillari uchun infotur tashkil etildi. Mehmonlar qishloqdagi zamonaviy infratuzilma, mehmon uylari, hunarmandchilik ustaxonalari va boshqa turistik imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar Bahovuddin Naqshband majmuasini ziyorat qildi, Qur’on tilovat qilinib, duoga qo‘l ochildi.

Tadbirda Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyazov qatnashdi. 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.