Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryolik yosh og‘ir atletikachilar mamlakat chempionatida yetakchi
12:23 / 2025-05-22

Termiz shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kichik o‘smirlar(U15) va o‘smirlar (U17) o‘rtasida davom etayotgan O‘zbekiston chempionatida umumjamoa hisobida qashqadaryolik yosh polvonlar jamoasi har ikki yosh toifasida yetakchilikni qo‘ldan bermay kelmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan 30 ta jamoaning 450 nafardan ziyod yosh og‘ir atletikachilari o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Ishtirokchilarning 334 nafari o‘g‘il, 120 nafardan oshig‘ini sportchi qizlar tashkil etdi.

Chempionatning to‘rt kunlik bahslari natijasida 15 yoshgacha bo‘lgan og‘ir atletikachilar orasida Qarshi olimpiya va paralimpiya markazi sportchilari 3 ta oltin, 2 ta kumush bilan 1-o‘rinni, 2 ta oltin, 1 ta kumush medal jamg‘argan Chirchiq va Samarqand olimpiyachilar jamoasi 2- va 3-o‘rinlardan joy egallab turibdi.

U17 yosh toifasidagi musobaqalarda ham qashqadaryolik yosh og‘ir atletikachilar tengsiz ekanligini namoyish etmoqda.

2 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali jamg‘argan Qarshi olimpiyachilar jamoasi peshqadamlikni davom ettirmoqda. 2-o‘rinni egallab turgan Samarqand jamoasi 2 ta oltin va 1 ta kumush medal sohibi bo‘lgan vaziyatda 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali jamg‘argan Xorazm og‘ir atletika jamoasi kuchli uchlikda bormoqda.

Hozirgacha Qashqadaryo viloyati og‘ir atletikachilarining umumiy medallari soni 11 tani tashkil etgan.

Chempionat 24 mayga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA