Bu haqda Kitob tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dilnoza Berdiyeva tayyorlagan 44 nafar o‘quvchi va 2 nafar o‘qituvchi ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi deyiladi xabarda.
– Mart oyidagi sinovda 36 nafar o‘quvchim qatnashib, 35 nafari milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan, xushxabarni ijtimoiy tarmoqqa joylaganimda o‘sha bir nafar o‘quvchim uchun achingan edim. Noyabr oyida o‘tgan imtihonda esa 46 nafar shogirdim va ularga dalda bo‘lish uchun o‘zim ham ariza topshirdik. Shukr, 100 foizlik natijaga erishibmiz, – deydi Dilnoza Berdiyeva.

Imtihonda 6 ta A, 11 ta B+, 18 ta B, 9 ta C+, 3 ta C daraja qayd etilgan. Bu o‘quvchilar oliy ta’limga kirish imtihonlaridan 8 oy oldin ona tili fanidan beriladigan 40 ta savolning 40, 39, 38, 37, 36 kamida 35 tasiga to‘g‘ri javobni naqd qilib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, Dilnoza Berdiyeva 2017 yilda “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” g‘olibi bo‘lgan.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri