Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryolik hojilar Haj ziyoratidan qaytdi
12:31 / 2023-07-18

Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Davlat rahbarining bevosita tashabbusi bilan diniy erkinlik borasida yaratilgan imkoniyatlar sabab bugungi kunda yurtimiz fuqarolari emin-erkin Umra va Haj safarlarini ado etib qaytmoqda. Ular uchun barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilmoqda.

Ayni kunlarda qashqadaryolik nuroniy otaxon va onaxonlar ham mazkur imkoniyatlardan unumli foydalangan holda Haj amallarini ado etib, yurtimizga qaytib kelmoqda.

Bugun erta tongdan Qarshi xalqaro aeroportida bir guruh hojilarimiz kutib olindi. Kechki payt ham kutib olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.  

Ma’lumot uchun, viloyatdan 792 nafar ziyoratchilar joriy mavsum Haj safarini ado etib qaytishadi.

O‘lmas Barotov,  

O‘zA.