Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryolik “fotomodel” qizni chuv tushirgan toshkentlik firibgar Buxoroda qoʻlga olindi
17:13 / 2020-09-07

“Fotosuratchi” fuqaro T.Sni qadimiy obidalar oldida suratga tushirish maqsadida Buxoro shahriga olib keladi


Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga koʻra, joriy yilning 27-avgust kuni Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani M.Gandi koʻchasi 10/27-uyda yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan fuqaro N.F Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Sohibkor koʻchasi 17-uyda yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan fuqaro T.S.ning ishonchiga kirib, oʻzini taniqli jurnal fotosuratchisi sifatida tanishtiradi.

“Fotosuratchi” fuqaro T.Sni qadimiy obidalar oldida suratga tushirish maqsadida Buxoro shahriga olib keladi. Fotosuratlarini jurnalning bosh sahifasiga chiqarib uni fotomodel sifatida mashhur qilishini aytib, jurnalning har bir sahifasi uchun qizga 850.000 soʻmdan toʻlov toʻlashga kelishiladi.

Jabrlanuvchi T.S.dan mehmonxona xarajatlari uchun 650.000 soʻm naqd pullarini aldov yoʻli bilan olib, firibgarlik jinoyatini sodir etadi.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, 2-sonli Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tergov guruhi tomonidan muqaddam xuddi shu kabi jinoyatni sodir etganligi uchun sudlanib, javobgarlikka tortilgan fuqaro F.N. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.